Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya prokuraturasi FIFAdagi korrupsiya holatlarini tekshirmoqda
Shveytsariya prokuraturasi FIFA va futbol bo‘yicha jahon chempiionatlari bilan bog‘liq korrupsiya holatlariga doir 25ta tergov ishini olib borayotganini tasdiqladi. Bu haqda AP News xabar bermoqda.
Shveytsariya bosh prokurori Mikael Lauber aynan qanday ishlar tergov qilinayotgani haqida aniqlik kiritmagan, biroq tergovchilar shug‘ullanayotgan ishlar orasida bir necha shaxslarning ismi-sharifini keltirgan. Bular FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter, FIFA sobiq bosh kotibi Jyerom Valke, Germaniyadagi 2006 yilgi jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasi rahbari Frants Bekkenbauerlardir.
Lauber, shuningdek, Rossiya hamda Qatar yutib chiqqan 2018 va 2022 yilgi jahon chempionatlarini o‘tkazish bo‘yicha tanlovlardagi qoidabuzarlik ehtimoli bilan ham shug‘ullanmoqda. Prokurorning aytishicha, u hozirgacha pullarni noqonuniy o‘tkazish bilan bog‘liq 178ta o‘tkazmalar haqida ma'lumotga ega.
Mavzuga oid
14:43 / 07.07.2026
Tramp Infantinodan Balogunga jazoni bekor qilishni so‘raganini tan oldi
19:48 / 06.07.2026
«Qizil chiziqdan o‘tildi». UYeFA Infantinoni ag‘darmoqchi
17:52 / 03.07.2026
FIFA Rivaldo oldidagi qarzdorlik tufayli «Bunyodkor»ga transfer taqiqi qo‘ydi
22:32 / 25.06.2026