Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real»ning yana bir futbolchisi muammoga duch keldi
Xorvatiya prokuraturasi «Real» yarim himoyachisi Luka Modrichga qarshi ish ochdi. AFP xabariga ko‘ra, futbolchi Xorvatiya futbolidagi yirik aksilkorruptsion tekshiruvlar vaqtida yolg‘on ko‘rsatma berganlikda gumon qilinmoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, Modrich «Dinamo»ning sobiq prezidenti, pul yuvish jinoyatida ayblangan Zdravko Mamich ishi bo‘yicha tergov vaqtida yolg‘on ishlatgan. Ushbu xavbek o‘zining Zagrebning «Dinamo» klubidan «Tottenhem» klubiga transfer bo‘lishi jarayoniga oid ma'lumotni yashirgan bo‘lishi mumkin.
Mish-mishlarga ko‘ra, Modrich «Tottenhem»ga transfer qilinganida ma'lum miqdordagi mablag‘ni olgan va buni deklaratsiyaga kiritmagan.
Agar Modrichning aybi isbotlansa, unga 5 yilgacha qamoq jazosi tahdid soladi.
Xorvatiyada Modrichni «Bankomat» deya atay boshladi. Muxlislar u terma jamoa sardorligidan ketishini istashmoqda.
Qayd etish kerakki, Modrich 5 marta qatorasiga Xorvatiyaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Mavzuga oid
18:01 / 08.05.2026
«Real»da xaos. Valverde va Chuameni mushtlashib ketdi
20:19 / 06.05.2026
Mbappe – mojaro markazida. U klasikoga tayyorlanish o‘rniga ta’tilga ketdi va jamoadoshlarini g‘azablantirdi
21:10 / 05.05.2026
«Real» muxlislari Mbappening ketishi uchun deyarli 1,5 mln imzo to‘pladi
13:31 / 04.05.2026