Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Turkiyadagi yangi elchisi tayinlandi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Aleksey Yerxovni Rossiyaning Turkiyadagi elchisi lavozimiga tayinladi.
Yerxov nomzodi may oyida Rossiya Davlat Dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangandi.
U shu vaqtgacha Rossiyaning Turkiyadagi elchisi lavozimini vaqtincha bajaruvchisi bo‘lib kelayotgan maslahatchi-vakil Sergey Panov o‘rnida ish boshladi.
Yerxov shu kungacha Rossiya TIV tarkibida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Turkiyadagi avvalgi elchisi Andrey Karlov 2016 yilning 19 dekabr kuni Anqarada, Rossiya madaniyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochilishi vaqtida otib o‘ldirilgan edi. Hujum sobiq politsiyachi Mavlud Oltintosh tomonidan amalga oshirilgan, u xavfsizlik kuchlari tomonidan yo‘q qilingan.
Rossiya TIV bu hodisani terakt sifatida baholagan, Turkiya tomoni qotil Fathulloh Gulen tarafdori bo‘lganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026