Shavkat Mirziyoyev Qo‘qon shahri teatrini borib ko‘rdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qo‘qon shahriga tashrifi chog‘ida 1987 yilda qurilgan Qo‘qon shahar teatrini borib ko‘rdi. Teatr binosi, jumladan, 750 tomoshabinga mo‘ljallangan zal zamonaviy ta'mirlangan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Prezident ijodkorlar bilan muloqotda teatrning xalq orasidagi obro‘yi va nufuzini yanada oshirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
«Teatrni haqiqiy ma'naviyat o‘chog‘iga aylantirish uchun avvalo yaxshi asarlar kerak. Buning uchun bu yerda taniqli san'at namoyondalari, dramaturglar bilan uchrashuvlar tashkil etib, ijodiy muhit yaratish zarur» — dedi davlat rahbari.
Ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, teatrning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Ijodiy jamoani grim va postijyor mahsulotlari, liboslar, teatrni sahna dekoratsiyalari va konstruksiyalari, parda va boshqa buyumlar bilan ta'minlash zarurligi ta'kidlandi. Aktyor va rejissyorlarning malakasini oshirish, yosh mutaxassislar tayyorlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Mavzuga oid
10:23 / 07.11.2024
DXX: Qo‘qonda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlari ozodlikdan mahrum etildi
14:50 / 16.09.2024
Buyuk Britaniyada “Lazgi” spektakli namoyish etildi
23:02 / 13.09.2024
Qo‘qonda gaz to‘ldirish shoxobchasida turgan avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi
18:00 / 12.09.2024