Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya prezidenti Trampning sobiq rafiqasidan g‘azabda
Foto: Reuters
Chexiya prezidenti Milosh Zeman Barrandov TV’ga bergan intervyusida AQSh rahbari Donald Trampning sobiq rafiqasi Ivana Trampdan g‘azabda ekanini ma'lum qildi. Ivanka Qo‘shma Shtatlarning Pragadagi elchisi lavozimini egallashdan bosh tortgan.
Bu haqda Prague Daily Monitor nashri yozmoqda.
Ivana Tramp sobiq turmush o‘rtog‘i AQSh prezidenti etib saylangach, Amerikaning Pragadagi elchisi bo‘lishni juda xohlagandi. Shuningdek, u Milosh Zeman tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan.
Biroq, chorshanba, 21 iyun kuni Ivana Tramp Zemanga elchi bo‘lmaslikka qaror qilganini xabar berdi.
Zeman jurnalistlarga bu holatdan g‘azabda ekanini aytdi va Trampning sobiq rafiqasi qo‘rqoqlarcha ish tutganini qayd etdi.
Ma'lumot uchun, Donald Tramp Ivana Zelnichkovaga 1977 yilda uylangan. Ularning uch farzandi bor, 1992 yilda esa Tramp va Zelnichkova ajrashishgan.
Mavzuga oid
12:11
Chexiya shaharlarida prezident Pavelni qo‘llab-quvvatlash mitinglari bo‘lib o‘tdi
13:48 / 20.01.2026
Chexiya bosh vaziri: YeI Putin bilan muzokara olib borishi kerak edi
10:25 / 19.01.2026
O‘zbekiston, Polsha va Chexiya agrosohada hamkorlikni kengaytiradi
09:31 / 03.01.2026