Britaniya konservatorlari mamlakat bosh vaziri o‘zgarishini istashmoqda
Buyuk Britaniyaning Konservativ partiyasi a'zolari Tereza Meyni mamlakat bosh vaziri lavozimidan chetlatish istagini bildirishdi. Bu haqida 25 iyun kuni The Times gazetasi xabar berdi.
Konservatorlarning fikricha, Meyning o‘rniga bu lavozimni amaldagi moliya vaziri Filip Xammond egallashi kerak. Uning o‘rinbosarligiga esa mamlakatning Brexit bo‘yicha vaziri Devid Devis tayinlanishi kerak.
Devid Devis. Foto: reuters
Shu bilan birga Xammondning oktabr oyidayoq hukmron Konservatiya partiya raisi etib tayinlanishi mumkinligi qayd qilindi. Faqat bir shart bilan - u ikki yildan keyin Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini tark etadi.
"O‘ylashimcha, Filip Xammond - oldindagi ikki yilga eng munosib nomzod, Devis esa Brexit bilan shug‘ullanadi", - dedi partiya vakillaridan biri.
Manbada keltirilishicha, Xammondning bosh vazir lavozimiga tayinlanishi yevroskeptiklarga yoqmasligi mumkin, chunki ular Hammondning diqqatni migratsiya nazorati emas, biznes va ishchi o‘rinlarga qaratgan holda Brexit'ni amalga oshirish talablariga shubha bilan qarashadi.
Bosh vazirlikka ehtimoliy nomzodlar orasida shuningdek Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson nomi ham keltirilgan.
Mavzuga oid
19:50 / 30.10.2024
Britaniyadagi atom suvosti kemalari ishlab chiqariladigan korxonada yong‘in yuz berdi
00:23 / 30.10.2024
Londonda firibgarlar 22 tonna yuqori sifatli cheddar pishloqlarini o‘g‘irlab ketdi
23:15 / 26.10.2024
Tamaki chekuvchilar yiliga 2,5 hafta kamroq ishlaydi - tadqiqot
20:25 / 23.10.2024