Buyuk Britaniyaning Konservativ partiyasi a'zolari Tereza Meyni mamlakat boş vaziri lavozimidan çetlatiş istagini bildirişdi. Bu haqida 25 iyun kuni The Times gazetasi xabar berdi.
Konservatorlarning fikriça, Meyning örniga bu lavozimni amaldagi moliya vaziri Filip Xammond egallaşi kerak. Uning örinbosarligiga esa mamlakatning Brexit böyiça vaziri Devid Devis tayinlanişi kerak.

Devid Devis. Foto: reuters
Şu bilan birga Xammondning oktabr oyidayoq hukmron Konservatiya partiya raisi etib tayinlanişi mumkinligi qayd qilindi. Faqat bir şart bilan - u ikki yildan keyin Buyuk Britaniya boş vaziri lavozimini tark etadi.
"Öylaşimça, Filip Xammond - oldindagi ikki yilga eng munosib nomzod, Devis esa Brexit bilan şuğullanadi", - dedi partiya vakillaridan biri.
Manbada keltirilişiça, Xammondning boş vazir lavozimiga tayinlanişi yevroskeptiklarga yoqmasligi mumkin, çunki ular Hammondning diqqatni migratsiya nazorati emas, biznes va işçi örinlarga qaratgan holda Brexit'ni amalga oşiriş talablariga şubha bilan qaraşadi.
Boş vazirlikka ehtimoliy nomzodlar orasida şuningdek Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Boris Jonson nomi ham keltirilgan.











