Jahon | 11:58 / 26.06.2017
9829
1 daqiqa o‘qiladi

Belarus Rossiyadan “Iskandar” raketa majmualarini sotib olishi mumkin

Foto: RIA "Novosti"

Belarusning Moskvadagi elchisi Igor Petrishenkoning ma'lum qilishicha, Minsk kelajakda Rossiyadan “Iskandar” raketa majmualarini xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Zenit-raketa majmualari bo‘yicha, Belarusda bugungi kunda asosiy ZRM – S-300 tizimidir. S-400 majmualari va “Iskandar” tezkor-taktik raketa majmualarini yetkazib berish imkoniyati, yaxshilangan xususiyatlarga ega yangi qurol paydo bo‘lsa, ko‘rib chiqilishi mumkin”, - deya ma'lum qildi u.

Petrishenkoning so‘zlariga ko‘ra, Belarus hukumati kelajakda Ittifoq davlat havo chegaralarini qo‘riqlashga Belarus harbiy-havo kuchlari va havo mudofaasi qo‘shinlarining Su-30SM qiruvchilari kirishishini mo‘ljallamoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid