Jahon | 11:17 / 26.06.2017
12609
1 daqiqa o‘qiladi

FXX: Jinoyatchilar Peterburgdagi teraktga tayyorgarlik ko‘rishda Telegram’ni ishlatishgan 

Sankt-Peterburg metrosidagi teraktga tayyorgarlik ko‘rishning barcha bosqichlarida xudkush, uning sheriklari va xorijiy kuratori Telegram messenjeridan foydalangan. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xabar berdi.

«Rossiya FXX Sankt-Peterburg shahri metropolitenida 3 aprel kuni yuz bergan teraktni surishtirish davomida xudkush-terrorchi, uning sheriklari va xorijiy kuratori terrorchilik xurujiga tayyorgarlik ko‘rishning barcha bosqichida Telegram messenjeridan foydalangani haqida ishonchli ma'lumot oldi», - deya xabardan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Mahkamadan ta'kidlashlaricha, Rossiya hududidagi terrorchilar bir-birlari va xorijiy kuratorlari bilan aloqalarda Telegram messenjeridan faol tarzda foydalanishadi.

Mavzuga oid