Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Xitoyga Nobel laureati Lyu Syaobo bo‘yicha bayonot bilan chiqdi
AQSh Xitoyni Nobel mukofoti laureati Lyu Syaobo va uning rafiqasiga erkin harakatlanishni taqdim etishga chaqirdi. U 2009 yildan beri qamoqda edi va jazoni o‘tashdan jigar saratoni tufayli ozod etildi, deb xabar bermoqda AFP.
«Biz Xitoy hukumatini janob Lyuni nafaqat ozod etish, balki uning rafiqasiga nisbatan qo‘llanilgan uy qamog‘ini bekor qilishga ham chaqiramiz», - deya AQShning Pekindagi elchixonasi xodimi so‘zlarini keltiradi agentlik.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekin ularga himoya va erkinlikni taqdim etishi lozim, jumladan, erkin harakatlanish hamda tibbiy yordam olishni ham. Ular bunga Xitoy Konstitutsiyasi va xalqaro normalarga muvofiq haqlilar.
Avvalroq Xitoyda Nobel mukofoti laureati Lyu Syaobo jigar saratoni tufayli qamoqdan ozod etilgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40