Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:14 / 27.06.2017
3506
1 daqiqa o‘qiladi
Keniyada sodir etilgan portlash oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
foto: Global Look Press
Keniyada Somali chegarasi yaqinida sodir etilgan portlash oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiya xodimi Noa Mvivanda ma'lum qildi.
Voqea mamlakat janubidagi Kiungu shahrida yuz bergan. Qo‘lbola portlovchi qurilmada yuk mashinasi portlashi oqibatida 4 politsiyachi va 4 bola halok bo‘lgan. Hujumni sodir etishda "Ash-Shabob" terrorchilik guruhi gumon qilinmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish