Jahon | 15:05 / 27.06.2017
5355
1 daqiqa o‘qiladi

NATO Ukrainaga yordam berishni va'da qildi

NATO Ukrainaga harbiy institutlarni qayta tashkil etishda ko‘mak ko‘rsatadi. Bu haqda alyans bosh kotibi o‘rinbosari Rouz Getemyuller xavfsizlik bo‘yicha har yilgi anjumanda ma'lum qildi.

«NATO Ukrainaga bundan keyin ham mudofaa bo‘yicha institutlarni qayta tashkil etishda ko‘mak ko‘rsatib boradi, bu u o‘zini samarali himoya qilishda qo‘l keladi», - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Getemyullerning ta'kidlashicha, Ukraina sharqidagi hozirgi vaziyat «juda katta xavotirga sabab bo‘lmoqda».

Eslatib o‘tamiz, NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg va alyans delegatsiyasi Ukrainaga 9-10 iyul kunlari tashrif bilan borishni rejalashtirmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid