Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talabalar boshpanasiz qolganlar uchun chiqindilardan uy qurishdi
Janubiy Kaliforniya Universiteti qoshidagi Arxitektura maktabi o‘quvchilari boshpanasiz qolganlar uchun qayta ishlangan chiqindilardan g‘ildirakli uy qurishdi. O‘quv muassasasi saytida shu haqida ma'lumot berildi.
Ikki kvadrat metrdan katta bo‘lmagan maydonga ega yog‘och uyda karavot, stol, stul va shaxsiy buyumlar bor. "Inshoot" shuningdek kichik derazalarga ham ega. "Biz chiqindilar va odamlar tomonidan shahar ko‘chalariga tashlab ketilgan keraksiz buyumlardan uy qurdik", - deydi o‘z yuk mashinasida materiallarni tashigan talaba Jyeremi Karmen.
"Bu loyiha o‘quvchilarga ularning bo‘lg‘usi me'morlar sifatidagi imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi", - dedi kafedra dotsenti Skott Mitchell. U boshqa bir pedagog bilan birga loyihaning borishini nazorat qilgan.
Uy lotereyada o‘ynaldi, tushgan pul mablag‘lari boshpanasiz qolganlarni qo‘llab-quvvatlovchi ikki xayriya tashkilotiga topshirildi.
Mavzuga oid
10:00 / 08.07.2026
Eng ko‘p talaba Toshkent shahrida tahsil olmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
10:30 / 04.07.2026
O‘zbekistonda 11 ta chiqindidan energiya ishlab chiqarish zavodi quriladi
09:15 / 27.06.2026