Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abramovich ham poraxo‘rlikda gumon qilinmoqda
Londonning «Chelsi» klubi rossiyalik xo‘jayini Roman Abramovich FIFA bilan bog‘liq poraxo‘rlik jinoyatida shubha ostiga olinmoqda. Bu haqda The Telegraph FIFAning etika bo‘yicha tergov qo‘mitasi sobiq xodimi Maykl Garsiyaning bayonnomasiga asoslanib xabar tarqatgan.
Unda qayd etilishicha, «Rossiya-2018» tashkiliy qo‘mitasi Abramovichga tegishli bo‘lgan Konoplyovdagi futbol akademiyasini ijaraga olgan.
Hujjatda ko‘rsatib o‘tilishicha, olib borilgan tekshiruvlar natijasida kompyuterda bu borada juda kam ma'lumotlar saqlanib qolgani aniq bo‘lgan. Sababi ular akademiyani o‘z egasiga qaytargach, bu boradagi ma'lumotlarni yo‘qotishga urinishgan va ko‘plab fayllarni o‘chirib tashlashgan.
Ammo bu hujjatlar Abramovich yoki «Rossiya-2018» tashkiliy qo‘mitasi rahbari Aleksey Sorokinning qaysi biri tomonidan berilgan buyruqqa binoan o‘chirilgani aniq emas.
«Chelsi» xo‘jayini 2018 yilgi JChni o‘tkazish uchun Rossiya tomoniga moliyaviy ko‘mak berib kelgani bo‘yicha barcha ayblovlarni rad etib keladi.
Mavzuga oid
18:02 / 01.05.2026
Infantino jonli efirda Isroil va Falastinni yarashtirishga urindi
18:38 / 29.04.2026
FIFA JCh-2026 ishtirokchilariga to‘lanadigan mukofotlarni oshirdi
21:43 / 31.03.2026
FIFA ofsaydni aniqlash qoidalariga o‘zgartirish kiritdi
09:45 / 20.03.2026