Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madhiyani astoydil aytmaydigan filippinliklarga jarima solinadi
Mamlakat madhiyasini yetarlicha his-tuyg‘u bilan aytmaydigan filippinliklar jarimaga tortilishlari mumkin. Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, madhiyani har bir fuqaro astoydil ayta olishi kerak. Aks holda aybdorlar 2 ming dollarlik jarimaga tortilishlari mumkin, deb xabar bermoqda Inquirer.
Madhiya ijro etilayotganda barcha tik turgan holda bayroqqa yoki dirijyorga yuzi bilan qarab turishi kerak. Madhiyani diniy e'tiqodiga ko‘ra ayta olmaydiganlar bundan mustasnolar, biroq ular ham madhiya ijrosi vaqtida tik turishlari kerak.
Filippinda madhiya kinoteatrlarda filmlar ijrosi oldidan, teleeshittirish boshlanganda va nihoyalaganda hamda boshqa ko‘plab holatlarda ijro etiladi.
Filippin milliy madhiya bilan bog‘liq qat'iy qoidalarni o‘rnatgan yagona davlat emas. O‘tgan yil Hindistonda barcha kinoteatrlarga madhiya ijro etilishi buyurilgan. Madhiya ijrosi vaqtida hamma o‘rnidan turib uni tinglashi shart qilib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
15:38 / 08.06.2026
Filippinda kuchli zilzila: kamida 32 kishi halok bo‘ldi
11:49 / 20.05.2026