Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev MTRKni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha qarorni imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini uzatuvning raqamli formatiga o‘tish uchun zamonaviy multimedia uskunasi bilan jihozlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorni imzoladi. Bu haqda Prezident rasmiy veb-sayti xabar bergan.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi uskunalar bilan to‘liq ta'minlash va raqamli shaklga texnik hamda texnologik jihatdan o‘tish bo‘yicha loyihani amalga oshiradi.
Milliy teleradiokompaniya Germaniyaning BFE Studio und Medien Systeme Gmbh kompaniyasi bilan 18 million yevrolik uskunalar kompleksini yetkazib berish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirish bo‘yicha import shartnomasini tuzgan.
MTRKning “Uzatuvning raqamli formatiga o‘tish uchun O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimedia uskunasi bilan jihozlash” loyihasi doirasidagi qo‘shimcha uskunalar, ishlar va xizmatlarni sotib olish bo‘yicha taklifi ma'qullandi.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston bosh vaziri A.Aripov zimmasiga yuklandi.
Mavzuga oid
18:06
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
09:20 / 12.06.2026
Saratonga qarshi kurashning yangi bosqichi: milliy dastur joriy etiladi
20:09 / 11.06.2026
Jinoyat kodeksiga aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar bobi kiritiladi
20:05 / 11.06.2026