Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beshkurash bo‘yicha xalqaro musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi ilk bor qatnashmoqda
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida zamonaviy beshkurash bo‘yicha Markaziy Osiyo kubogi musobaqasi boshlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
E'tiborlisi, mezbonlardan tashqari Rossiya, Kozog‘iston davlatlaridan jami 50dan ziyod kuchli sporchi ishtirok etayotgan mazkur chempionatda O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashmoqda. Xalqaro musobaqada yurtimiz sharafini beshkurashchi Ruslan Mamatqulov ilk bor himoya qilishga urinib ko‘radi.
Zamonaviy beshkurash bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston ochiq chempionatida g‘olib bo‘lgan Ruslan Mamatqulov musobaqa taqvimiga ko‘ra, 29 iyun kuni suzish va qilichbozlik bo‘yicha o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazsa, 30 iyun kuni konkur-ot bilan to‘siqlardan sakrash bo‘yicha bahslarga kirishadi. Shu kunning o‘zida sportchilar kombayn-yugurish va o‘q otish bo‘yicha ochkolar jamg‘arishga kirishadi. Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan ushbu ochiq chempionatda g‘olib bo‘lgan beshkurashchilar yakunda Markaziy Osiyo kubogi sohibiga aylanadi.
O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasidan ma'lum qilishlaricha, ushbu turnirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda ushbu sport turini yanada ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni kashf etish va ularning xalqaro musobaqalardagi ishtirokini ta'minlash, shuningdek, federatsiyalararo do‘stlik aloqalarini mustahkamlashdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, yurtimizda joriy yilning 10 fevral kuni O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi tashkil etilgan edi va bu ularning xalqaro arenadagi ilk ishtiroki sanaladi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026