Jahon | 20:42 / 29.06.2017
4201
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Erdo‘g‘anning Hamburgdagi tarafdorlari oldida chiqish qilishini taqiqladi

Foto: spiegel.de

Germaniya TIV rahbari Zigmar Gabriel GFR hukumati Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Hamburgdagi tarafdorlari oldida chiqishini taqiqlashi haqida ma'lum qildi. Der Spiegel shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi

Gabrielning so‘zlariga ko‘ra, Anqara kuni kecha, 28 iyun kuni turk prezidentining G20 sammitida ishtirok etish uchun Hamburgga tashrifi davomida u yerdagi tarafdorlari oldida chiqish qilishi borasida Berlinga rasmiy so‘rov yo‘llagan. 

"Turkiyaga shuni ma'lum qilamizki, Germaniyada bunday bo‘lishi mumkin emas. Bunday qaror qabul qilish uchun konstitutsiya bilan mustahkamlangan huquqimiz bor", - dedi Germaniya TIV rahbari. 

Shuningdek Gabriel G20 sammiti o‘tkaziladigan bir paytda Erdo‘g‘an o‘z tarafdorlari oldida chiqish qilgan taqdirda, "xavfsizlikni ta'minlash uchun" politsiya xodimlarining yetishmasligi mumkinligini ta'kidladi. Bundan tashqari, diplomat Anqara va Berlin o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, shuningdek kutilayotgan nemis parlamenti saylovlari fonida turk prezidentining chiqish qilishini noo‘rin deb hisoblaydi. 

Germaniya hukumati vakili Shteffan Zaybertning nashrga ma'lum qilishicha, diplomatning bayonoti kansler Angela Merkel bilan muvofiqlashtirilgan va bu "hukumat pozitsiyasi" hisoblanadi.

Manbaga ko‘ra, joriy yilning bahorida turk vazirlari ishtirokidagi ikki tadbir ham bekor qilingan: GFR Adliya vaziri Bekir Bo‘zdog‘ va Iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchilarning chiqishlarini bekor qilgan. Germaniya hukumati buni tashkilotchilarning yong‘in xavfsizligini ta'minlay olmasligi bilan izohlashgan edi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid