Jahon | 00:12 / 29.06.2017
6570
1 daqiqa o‘qiladi

Liviyada jangarilar BMT xodimlarini asirga oldilar

Liviyada "Al-Qoida" terrorchilik guruhi bilan bog‘langan guruh jangarilari BMTning bu mamlakatdagi missiyasi xodimlarini asirga oldilar. BMT xodimlari 28 iyunda Az-Zaviya shahrida asirga tushirilganlar.   

"Al-Qoida"ni qo‘llab-quvvatlovchi guruh Tripolidan g‘arb tomondagi Az-Zaviya shahrida BMTning Liviyadagi missiyasi a'zolarini asirda ushlab turibdi", deb ma'lum qildi Sky News Arabia telekanali. 

Voqeaning qolgan tafsilotlari hozircha noma'lum.

Avvalroq BMTning Liviyadagi missiyasi rahbari almashgandi: nemis Martin Kobler o‘rniga livanlik diplomat Hasan Salame kelgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid