Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Turkmaniston prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
29 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston yetakchisini yubiley – 60 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi. «O‘zbekistonda Turkmaniston prezidentini jahon darajasidagi buyuk davlat va siyosat arbobi, boy hayotiy amaliy tajribaga ega iste'dodli rahbar, mamlakati ravnaqi va farovonligi uchun fidokorona xizmat qilishga o‘zini bag‘ishlagan inson sifatida bilishadi», - deya ta'kidlanadi xabarda.
Ikki davlat rahbarlari Turkmanistonda mart va may oylaridagi uchrashuvlar davomida erishilgan kelishuvlar hamda qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishi amaliy jihatlarini muhokama etishdi. Ular barcha darajalardagi aloqalar jadallashgani, shuningdek, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalar faol amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etishdi.
Davlat rahbarlarining ta'kidlashicha, stategik sheriklikning yuqori darajasiga erishish imkonini bergan qalin va samarali o‘zaro aloqalar tajribasi ikki tomonlama hamkorlik ulkan salohiyatini amalga oshirish uchun mustahkam asosdir.
Mavzuga oid
18:26 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Yangi taraqqiyot banki bilan hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi
18:23 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘mon bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
17:52 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan keng ko‘lamli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
12:49 / 18.06.2026