O‘zbekiston | 12:54 / 30.06.2017
25894
2 daqiqa o‘qiladi

Yer maydonlarini noqonuniy ajratishga barham beriladi 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.

Deputatlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar. Ta'kidlandiki, qonun loyihasi tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini, xususan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonunlarni yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, yer osti boyliklaridan foydalanish va ayniqsa foydali qazilmalarni qazib olishning belgilangan tartibini buzganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta'minlashga qaratilgandir. 

Qonunning qabul qilinishi yer osti boyliklariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish sohasida yuzaga keladigan huquqbuzarliklarning oldini olish imkonini beradi.

“Yer qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikning kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga asosan mavjud huquqiy bo‘shliqni to‘ldirish, shu jumladan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oldini olish choralarini ko‘rmaslik, o‘zboshimchalik bilan qurilish qilish, yer berish tartibini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid