AQSh prezidenti Donald Tramp Energetika vazirligi tadbiridagi chiqishi davomida Ukraina Vashingtondan "millionlab tonna ko‘mir yetkazish"ni so‘ragani haqida ma'lum qildi. Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u shunga muvofiq ko‘rsatma bergan.
"Dunyoda bizning resurslarimiz kerak bo‘lgan joylar ko‘p va biz ularni butun dunyoga sotish istagidamiz", - dedi Amerika prezidenti.
Tramp o‘z chiqishida Amerika energetik hukmronligi dasturini taqdim etdi. U AQShning nafaqat kerakli energoresurslar bilan ta'minlash, balki do‘stlar va ittifoqdoshlarga ham yordam berish rejalari haqida ma'lum qildi. "Bizga nima qilish kerakligini uqtirmasliklari uchun suverenitetimizni mustahkamlashimiz kerak", - qo‘shimcha qildi AQSh davlat rahbari.
AQSh prezidenti shuningdek ko‘mir kompaniyasi vakillarini Pensilvaniyada ko‘p yillardan beri birinchi marta ko‘mir konining ochilishi bilan tabrikladi. U ushbu shtatda yangi ish o‘rinlarini yaratib, saylov oldi va'dasining ustidan chiqayotganini ta'kidladi.