Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng yirik harbiy kemalardan biri Isroil portiga keldi
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining George H. W. Bush aviatashuvchisi Isroilning Xayfa portiga keldi, deb xabar bermoqda Jerusalem Post.
Nashrning ta'kidlashicha, aviatashuvchi port yonida langar tashlagan, sababi o‘z hajmlari tufayli uning o‘zida to‘xtay olmaydi. Kema Isroilda to‘rt kun davomida qolishi aytilmoqda.
Bundan tashqari, aviatashuvchi, gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, IShID terrorchilik guruhi bilan kurashda ishtirok etgan.
George H. W. Bush aviatashuvchisi dunyodagi eng yirik harbiy kemalardan biri bo‘lib, uning ekipaji 6 ming kishidan ko‘proqni tashkil etadi. Kema qiymati 4,5 mlrd dollarga baholangan.
Mavzuga oid
10:20
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026
Tramp: Eron bilan tuzilgan muvaqqat kelishuv «tugadi»
13:28 / 08.07.2026