Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Afg‘onistondagi harbiy operatsiyalarni qayta tiklash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda
Foto: rt.com
AQSh mudofaa vazirligi rahbariyati Afg‘onistonda tolibon va "Haqqoniy tarmog‘i" guruhi jangarilarini yo‘q qilish maqsadida harbiy operatsiyalarni tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. NBC telekanali shu haqida xabar berdi.
Pentagondagi manbalarning ma'lum qilishicha, AQSh va Oq uy harbiy idorasi hozirda Amerikaning Afg‘onistondagi strategiyasini qayta ko‘rib chiqmoqda. Bunda AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Gerbert Makmaster faol ishtirok etmoqda. Iyul oyida Amerika yetakchisiga Afg‘onistondagi "Tolibon" va "Haqqoniy tarmog‘i" harakatlariga qarshi operatsiyalarning qayta tiklanishiga doir takliflar taqdim etilishi kutilmoqda.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Afg‘onistonda xalqaro koalitsiyaning taxminan 13 ming harbiy xizmatchisi bor, amerikalik 8,4 ming askar va ofitser ham shular jumlasidandir. Ular asosan Afg‘onistondagi harbiylarni o‘qitish bilan shug‘ullanishadi, shuningdek harbiy maslahatchi rolida namoyon bo‘lishadi. NBC'da ta'kidlanishicha, bugungi kunda Amerika harbiy kuchlari asosan IShID va "Al-Qoida" terrorchi guruhlariga zarba berishmoqda, toliblarga esa - kamdan-kam holatlarda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda taxminan 35 ming "Tolibon" harakati jangarisi mavjud. IShID tomonda esa respublikada atigi bir necha yuz kishi jang qilmoqda. Holbuki, Afg‘oniston hukumati uchun toliblar ko‘proq tahdid tug‘diradi, deyiladi CNN'da.
Mavzuga oid
21:42 / 11.02.2026
AQSh Venesuelaga Rossiya bilan har qanday neft bitimlarini rasman taqiqladi
21:22 / 11.02.2026
NATO «Arktika qo‘riqchisi» missiyasi boshlanganini e’lon qildi
20:10 / 11.02.2026
Rossiya Trampning «Tinchlik kengashi» birinchi yig‘ilishida ishtirok etmaydi
16:17 / 11.02.2026