Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh shaharlarida Trampga qarshi namoyishlar o‘tkaziladi
AQShning bir qator shaharlarida bugun mamlakat prezidenti Donald Trampga qarshi aksiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Deutsche Welle ma'lumotiga ko‘ra, aksiya ishtirokchilari prezidentni lavozimidan ketkazishni talab etishadi.
Tadbirlar tashkilotchilari janob Trampni AQSh Konstitutsiyasini buzishda ayblashmoqda. Prezident o‘z lavozimidan biznes manfaatlari yo‘lida foydalanayotgani aytilmoqda. Shuningdek, amerikaliklar uni «Rossiya ishi» bo‘yicha tekshiruvlarga to‘sqinlik qilayotganlikda ayblashmoqda.
Shu yilning yanvar oyi oxirida yuz minglab amerikaliklar Donald Trampga qarshi «ayollar marshi» nomini olgan namoyishlarni o‘tkazishgandi. Tashkilotchilar Vashingtonda 200 ming ishtirokchi ko‘chalarga chiqishini kutishgan, amalda bu miqdor 500 mingga yaqinni tashkil etgandi. Women's March tashkiloti ma'lumotiga ko‘ra, shu kuni dunyoning 600dan ortiq shahrida shunday marshlar bo‘lib o‘tgan, ularda butun dunyo bo‘ylab 2,5 mln kishi qatnashgan.
Keyingi kunlarda AQShda minglab kishilar Donald Trampga norozilik belgisi sifatida ishga chiqmagan, bu aksiyalar «muhojirlarsiz kun» deb atalgandi.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
08:34 / 12.06.2026
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
10:39 / 11.06.2026