Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antaliyada rekord darajadagi issiqlik harorati qayd etildi
Turkiya janubida anomal issiqlik kuzatilmoqda, shanba kuni mamlakatning turistik poytaxti hisoblangan Antaliyada rekord harorat qayd etildi - 45,4 daraja issiq. Anadolu agentligi shu haqida xabar berdi.
Antaliya Mintaqaviy prognozlashtirish va ogohlantirish markazi kuzatuvlari tarixida bu mutlaq rekord ko‘rsatkich. Bu yerda termometr ko‘rsatkichlari oxirgi marta 1929 yilda 45 darajadan yuqorilagan.
Kechagi kunga qadar Antaliyadagi so‘nggi o‘n yillikdagi harorat rekordi 45 daraja hisoblanardi, 2000 yilning 12 iyulida shunday harorat qayd etilgan.
Sinoptiklarning ma'lumotiga ko‘ra, hozirda Turkiyaning janubida ob-havo harorati odatdagidan 10-12 daraja yuqori.
Mavzuga oid
14:05 / 13.06.2026
Juda issiq ob-havo homiladorlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:51 / 29.05.2026
2027 yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin
23:48 / 27.04.2026