Sport | 15:47 / 02.07.2017
28886
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Dibala 20 nafar darvozabonga jarimadan gol urdi

«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala o‘zi tug‘ilib o‘sgan Laguna-Larga shahrida kichik xayriya uchrashuvini tashkil qildi. Uchrashuv 1 iyul kuni bo‘lib o‘tdi.

23 yoshli futbolchi aynan mana shu sababdan Argentina terma jamoasidagi sherigi Lionel Messining to‘yini o‘tkazib yubordi, deb yozadi Infobae. Ammo uni Messi to‘yga taklif qilganmi yoki yo‘q bunisi ham ma'lum emas. Xayriya uchrashuvida esa uning do‘stlari va shahar aholisi ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Dibala taxminan 20 nafardan iborat ham jonli devor ham darvozabon vazifasini o‘taganlarga jarima zarbasidan gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. «Yuventus» hujumchisining goli omma tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid