Jahon | 21:48 / 03.07.2017
5169
1 daqiqa o‘qiladi

Boliviya prezidentiga ijtimoiy tarmoqlar orqali tahdid qilinmoqda

Foto:AFP 2017 / JOHAN ORDONEZ

Boliviya prezidenti Evo Moralesga ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘ldirish bilan tahdid qilinmoqda. Bu haqda 3 iyulda mamlakat aloqa vaziri Xisela Lopes ma'lum qildi. 

"Mamlakatga oxirgi soat va kunlarda nima bo‘layotganini ma'lum qilmoqchiman, bizning prezidentimiz, inqilobning bosh yetakchisi, Boliviya  demokratiyasi himoyachisi va hozir sayyorada mavjud imperiyaga (AQSh) qarshi kurashuvchi eng qat'iy xalqaro yetakchilardan biriga o‘ldirish bilan tahdid qilinmoqda", deb aytgan Lopes.

Vazir bunday tahdidlarga Saimon va Exorcismo Bebe taxalluslari ostida yashirinuvchilarning tahdidlarini misol sifatida keltirdi.

Hozircha hukumat prezident nomiga bildirilayotgan tahdidlarni tergov qilishni boshlash-boshlamasligi borasida ma'lumot yo‘q.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid