Xitoy rahbari Trampni «yagona Xitoy» siyosatiga rioya qilishga chaqirdi
Xitoy Xalq respublikasi raisi Si Jinping AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon muloqoti chog‘ida amerikaliklar ma'muriyati Tayvan masalasida «yagona Xitoy» siyosatiga amal qilishiga umid bildirdi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesida xabar qilindi.
Ikki siyosatchining telefon muloqoti Amerika tomoni tashabbusi bilan tashkillashtirildi.
«Biz janob prezident «yagona Xitoy» siyosatini ma'qullashini yuqori baholaymiz. Umid qilamizki, amerikaliklar tomoni AQSh-Xitoy bayonnomasi asosida Tayvan masalasida hamkorlik qiladi», degan Xitoy rahbari.
Tramp AQShning ushbu masaladagi pozitsiyasi o‘zgarmas ekanini ta'kidlagan. «Men yana bir ta'kidlashni istardimki, AQSh ma'muriyati yagona Xitoy siyosatini qo‘llashda davom etadi. Bu pozitsiya o‘zgarmasdir», degan u.
O‘tgan haftada AQSh Davlat departamenti AQSh Tayvanga 1,4 milliard dollarga qurol sotgani, shu bilan birga «yagona Xitoy» siyosatini qo‘llashini ma'lum qilgandi.
XXR markaziy hukumati va orol viloyat o‘rtasidagi rasmiy munosabatlar 1949 yilda to‘xtagan. Bu Gomindanning Chan Kayshi boshchiligidagi kuchlari Xitoy kommunistik partiyasi bilan fuqarolik urushida mag‘lub bo‘lgach, Tayvanga o‘tib ketgani tufayli yuz bergan. Tayvan va Xitoy o‘rtasidagi amaliy va norasmiy aloqalar 1980-yillar oxirlarida tiklangan. 1990-yillar boshidan esa tomonlar nodavlat tashkilotlari orqali aloqada bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
21:45 / 13.11.2024
Tramp Oq uyda Bayden bilan uchrashdi
18:53 / 13.11.2024