Konte Mourinoning xatosini 100 mln funt sarflab tuzatmoqchi
«Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte hujumchi Romelu Lukakuni qo‘lga kiritish uchun jiddiy harakat qilmoqda. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra italiyalik mutaxassis London klubi rahbarlariga «Everton» hujumchisini kerak bo‘lsa, transfer rekordi bo‘lgan 100 million funt sterling (115 mln yevro) evaziga bo‘lsada sotib olish kerakligini ta'kidlagan. Uning talabicha, transfer shu yilning yozidayoq amalga oshishi kerak.
«Chelsi» «Roma» himoyachisi Antonio Ryudiger, «Yuventus» fulbeki Aleks Sandro va «Monako» yarimhimoyachisi Temue Bakayokoni sotib olish uchun dastlabki qadamlarni tashlab bo‘lgan, ammo Kontening asosiy transfer maqsadi – Lukaku.
Joriy mavsumda «Everton» hujumchisi APLning 37 uchrashuvida maydonga tushib, 25 gol va 6ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Lukaku o‘z vaqtida «Chelsi» tarkibida to‘p surgan, biroq ikki yil muqaddam jamoaning amaldagi murabbiyi Joze Mourino uni keraksizga chiqarib, «Everton»ga sotib yuborilishiga sababchi bo‘lgandi.
Mavzuga oid
08:25 / 18.06.2024
«Real» darvozaboni qovun tushirdi, Mbappeda jarohat. Yevroning to‘rtinchi kuni qanday o‘tdi?
13:38 / 01.06.2023
«Sevilya» yana Yevropa Ligasida g‘olib. Ularni Mourino ham to‘xtata olmadi
20:46 / 28.01.2023
Mourino Shomurodovning «Roma»dan ketayotganini tasdiqladi
15:08 / 12.10.2022