17 iyun kuni 2024 yilgi Yevropa çempionatida E va D guruhlarida jami uçta öyin bölib ötdi. Lukaku vaziyatlarni kökka sovurgan va ikki goli inobatga olinmagan öyinda Belgiya muvaffaqiyatsizlikka uçradi, Ukraina darvozabonning qöpol xatolari tufayli yirik hisobda mağlubiyatga uçradi, fransuzlar avtogol evaziga minimal hisobda ğalaba qozongan öyinda Kilian qulay vaziyatlarni yöqqa çiqardi, burnini sindirib oldi va ahmoqona tarzda ogohlantirildi. 

Ye guruhi, 1-tur

Ruminlar syurpriz tayyorlagan – Ukraina yirik hisobda mağlub etdi

Ruminiya – Ukraina 3:0
Gollar: 1:0 – 29 Stançu, 2:0 – 53 Marin, 3:0 – 57 Dreguş.
Ruminiya – Nitse, Ratsiu, Burke, Dreguşin, Banku, Stançu, Marin, Marin (Rus, 75), Man (Hadji, 62), Dreguş (Puşkaş, 75), Koman (Mixeile, 62).
Ukraina – Lunin, Konoplya (Timçik, 72), Matviyenko, Zabarniy, Zinçenko, Stepanenko (Brajko, 62), Şaparenko (Yaremçuk, 63), Mudrik, Sudakov, Tsigankov (Yarmolenko, 63), Dovbik.
Ogohlantirişlar: Konoplya (67), Marin (79).

Ukrainlar Yevropa çempionatiga öz tarixidagi eng yaxşi tarkiblardan biri bilan taşrif buyurgandi. APL va la liga yulduzlari Yevropa çempionatlarida bunga qadar faqat bir marta ğalaba qozongan (2000 yil guruh bosqiçi sönggi turida Angliya 3:2 hisobida mağlub etilgan) Ruminiyaga qarşi favorit edi. Ammo öyin Sergey Rebrov şogirdlari rejasi böyiça ketmadi.

Ruminlar öyinning atigi 35 foiz qismida töpga egalik qilib ham yirik ğalabaga erişdi. «Real» darvozaboni Andrey Lunin qöpol xatolarga yöl qöydi, «Çelsi» havbeki Mixaylo Mudrik vaziyatlarni yöqqa çiqardi. «Jirona» forvardi Artyom Dovbik umuman darvozaga tahdid sololmadi. «Arsenal»ning universal futbolçisi Oleksandr Zinçenko jamoadoşlari uçun vaziyatlar yaratmadi. Ruminiya esa muvaffaqiyatli qarşi hujumlar uyuştirdi va jazoladi. 

Nikolaye Stançu 29-daqiqada uzoq masofadan yöllagan zarbasi bilan hisobni oçdi. Ruminlar sardori Mikola Matviyenko va Andrey Lunin bir-birini tuşunmay qolganidan foydalandi — himoyaçi bosim ostida töpni darvozabonga uzatdi, u esa töpni töğri raqib oyoğiga taşlab berdi. Ikkinçi bölim boşlarida Ruminiya yana bir bor uzoq masofadan yöllangan zarba bilan hisobdagi farqni oşirdi — va yana darvozabon xatosi tufayli gol böldi: Lunin öz qöliga kelgan töpni ötkazib yubordi. Bir neça daqiqa ötib Ruminiya uçinçi gol bilan öyin masalasini uzil-kesil hal qildi.