Jahon | 21:14 / 03.07.2017
4899
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada 7 yoshdan kichik bolalarni mashinada yolg‘iz qoldirish taqiqlandi

Foto: © Konstantin Sutyagin / Fotobank Lori

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi farmonni imzoladi

Qoidalarning yangi tahririda 7 yoshdan kichik bolalarni avtomobillarda bir o‘zlarini qoldirish taqiqlab qo‘yildi. Mashina to‘xtab turganda bola bilan birga katta yoshli odam bo‘lishi kerak.

Qoidalarning 12-bo‘limi transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishini tartibga soladi. Unga ko‘ra, to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarining buzilishi ogohlantirish yoki 500 rubl miqdorida ma'muriy jarima solish bilan jazolanadi.

Yangi farmonda bolalarni transport vositalarida xavfsizlik kamarlari va tutib turuvchi qurilmalar – bolalar o‘rindiqlari bilangina tashish mumkinligi belgilab qo‘yildi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid