Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Bag‘dodning qulashi” kitobi sotuvga chiqdi
Taniqli bloger, jurnalist, tarjimon hamda diniy-ma'rifiy ruhdagi qator risolalar muallifi Adham Atajanovning “Bag‘dodning qulashi” deb nomlangan kitobi nashrdan chiqdi. Adham Atajanov uzoq vaqt internetda milliy kontenetni boyitish jabhasida xizmat qilib keladi. Ya'ni, o‘zbek internet jurnalistikasiga o‘ziga yarasha xissa qo‘shib kelayotgan shaxslardan. U tashkil qilgan o‘zbek tilidagi o‘nlab ma'rifiy saytlar katta reytinglarga ega bo‘lib, shuning bilan birga juda nodir saytlar hisoblanadi.

Yangi nashrdan chiqqan kitob: “Dilbar adib Abdulla Qodiriy betakror “O‘tkan kunlar” romani shunday so‘zlar bilan boshlaydi: “Moziyg‘a qaytib ish ko‘rmak xayrlik, deydilar”. Haq gap. Zero, tarix - ko‘zgu, unda insoniyat o‘z xatolarini ko‘rib, kelajak uchun kerakli xulosalar chiqarib olishdek imkoniyat taqdim etadi...”, deb boshlangan.
Muallif shunday ta'kidlaydi: “Ushbu to‘plam dunyo tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan, o‘z vaqtida musulmon olamining ma'rifi mehvari nomi ila tarixda qolgan Bag‘dodning tanazzulga yuz tutishi, bunga sabab bo‘lgan omillar haqida”. Kitob tarixga qiziqadigan keng omma e'tiboriga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
18:07 / 07.03.2026
Andijonlik qiz kelinlik uyiga 800 ta kitobdan iborat sep bilan bordi
18:46 / 03.03.2026
Xayrulla Asadov jarimaga tortilib, yuzta kitobi musodara qilindi
16:53 / 20.02.2026
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov “Erkin millat poydevori” nomli kitobini taqdim etdi
14:09 / 16.01.2026