Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:19 / 04.07.2017
5021
1 daqiqa o‘qiladi
Bangladeshda tikuvchilik fabrikasida portlash yuz berdi, qurbonlar bor
Foto: bdnews24.com
Bangladeshning Gazipur okrugida kiyim-kechak tikish fabrikasida isitish qozonining portlashi oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘ldi, 50 kishi jabrlandi. Bu haqda bdnews24 yangiliklar portali ma'lum qildi.
O‘t o‘chirish xizmati vakilining aytishicha, portlash 3 iyulda soat 19.00larda yuz bergan. Portlash oqibatida Multifabs Ltd kompaniyasiga qarashli fabrikaning 4 qavatli binosi qisman vayron bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, qurbonlar soni oshishi mumkin.

Qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda. Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilganlar.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish