Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR yana raketa uchirdi, u Yaponiya hududiga tushgan
4 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:40da Shimoliy Koreya Pxyonan-Pukto provinsiyasidan Yapon dengiziga qarata ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi hamda Yaponiya Vazirlar Mahkamas bosh kotibi Yosixido Suga bir vaqtda ma'lum qilgan.
Raketaning parvozi 40 daqiqa bo‘lgan. U Yaponiya maxsus iqtisodiy zonasi hududiga tushgani taxmin qilinmoqda.
Yaponiya tomoni KXDRga norozilik yo‘llagan.
Yonhap agentligi xabariga ko‘ra, dengizda xavfsizlik xizmati ehtiyot choralarini ko‘rish, suv yuzasida raketa bo‘laklari bo‘lishi mumkin yirik buyumlar topilgan taqdirda mahalliy bo‘linmalarni xabardor qilishga chaqirgan.
KXDR 14 may kuni ham Pxyonan-Puktodan ballistik raketa uchirgandi.
Mavzuga oid
17:53 / 06.07.2026
Xitoy Tinch okeanida uzoq masofali ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
15:55 / 13.02.2026