Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda gaz quvuri portlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
Xitoyning shimolidagi Tszilin viloyatida gaz quvurining avariya holatidagi liniyasini ta'mirlash vaqtida portlash yuz berdi. Buning oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘lgan, yana 89 kishi jarohat olgan, ulardan 14 nafarining ahvoli og‘ir deya baholangan.
Sun'yuan shahrida yuz bergan fojiaga ta'mirlash vaqtida gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan. Portlash vaqtida ishchilar, tasodifiy piyodalar hamda yaqin orada joylashgan shifoxona xodimlari va bemorlar jabr ko‘rganlar.
Bu voqea Xitoyda hafta davomida yuz bergan ikkinchi holatdir. 2 iyulda Guychjou viloyatidagi gaz quvurida yuz bergan ikkita portlash va uning ortidan chiqqan yong‘in oqibatida 8 kishi halok bo‘lgandi, 35 kishi jarohat olgandi.
Mavzuga oid
18:29 / 08.07.2026
Xiaomi yangi Sky Nomad avtomobil brendini yaratdi
11:41 / 07.07.2026
Xitoyda og‘ir xastalikka chalingan vatandosh qo‘llab-quvvatlandi
17:53 / 06.07.2026
Xitoy Tinch okeanida uzoq masofali ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
20:57 / 02.07.2026