Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR AQShga yadroviy "sovg‘alar"ni yo‘llashda davom etaveradi
Seshanba kuni Shimoliy Koreya tomonidan o‘tkazilgan ballistik raketaning birinchi muvaffaqiyatli sinovi AQSh prezident ma'muriyati va uning ittifoqdoshlariga qaratilgan o‘ziga xos chaqiriq bo‘ldi.
KXDRning KRT davlat telekanali xabar berishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In raketaning ishga tushirilishini kuzatar ekan, Pxenyan hech qachon yadroviy quroldan voz kechmasligi va Vashingtonga yadro hamda raketa sinovlari ko‘rinishidagi "sovg‘a"larni taqdim etishda davom etishini ma'lum qilgan.
KXDR generaliteti va partiya apparati davlat rahbarining so‘zlarini hamda qit'alararo ballistik raketaning muvaffaqiyatli sinovini o‘rinlaridan turib olqishlashgan.
Kim Chen Inning o‘zi olimlarga qarata "Yankilarga kichik va katta sovg‘alar ulashishda davom etavering" deya murojaat qilgan.
O‘z o‘rnida, AQSh va Janubiy Koreya HK Shimoliy Koreyaning harakatlariga javoban Janubiy Koreya hududiy suvlarida yuqori aniqlikdagi raketa sinovini o‘tkazdi.
Mavzuga oid
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026
Tramp: Eron bilan tuzilgan muvaqqat kelishuv «tugadi»
13:28 / 08.07.2026
Eron Bahrayn va Kuvaytdagi AQSh harbiy obektlarini nishonga oldi
12:20 / 08.07.2026