Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Diplomatik korpus mashinalarining yo‘l qoidasini buzishga haqi bormi?
O‘zbekistondagi diplomatik idora vakillari yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishi lozim. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xalqaro Press-klubda o‘tgan jonli muloqotda aytib o‘tdi.
Ba'zan, O‘zbekistonda faoliyat olib boruvchi ayrim diplomatik idora vakillarining avtomobillari YHQ buzganligi holatiga guvoh bo‘lamiz. Bu esa nafaqat qoidaning buzilishi, balki insonlar salomatligini ham xavf ostiga qo‘yadi. Ularning qoida buzishga qanchalik huquqi bor? Aynan shu masalada ham Tashqi ishlar vaziriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol yo‘llandi.
“Har qanday diplomatik idora, elchixona mashinalari yo‘l harakati qoidalariga amal qilishi zarur. Bunday holatlar yuzaga kelishiga TIV ham, IIV ham doim qarshi bo‘lgan. Agarda belgilangan qoidaga amal qilinmasa, haydovchi javobgarlikka tortiladi. Sababi, bu nafaqat diplomatik tomonlama qoidani buzish, balki yo‘llarda harakatlanayotgan aholining ham hayotini xavf ostiga qo‘yishdir. Shuningdek, biz kezi kelganda yo‘l qoidasiga rioya qilmagan ayrim diplomatlarning O‘zbekistondan chiqib ketishini ham so‘raganmiz”, dedi Abdulaziz Komilov.

Mavzuga oid
21:28 / 03.11.2025
Toshkentda Gentra haydovchisi YPX xodimini kapotida sudrab ketdi. Uning hisobida 144 ta qoidabuzarlik borligi aniqlangan
12:20 / 01.10.2025
Avstriya rossiyalik diplomatni persona non grata deb e’lon qildi
14:55 / 20.06.2025
O‘zbekistonda sun’iy intellekt asosida yo‘l harakatini boshqarish tizimi joriy etilishi mumkin
10:15 / 22.05.2025