Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: Aksar amerikaliklar immigratsiya cheklovlarini qo‘llab-quvvatlamoqda
Amerikaliklarning aksariyati aholisining ko‘pchiligi musulmonlardan tashkil topgan mamlakatlar fuqarolarini AQShga kiritmaslik bo‘yicha hukumat taqiqini qo‘llab-quvvatlaydi. Politico gazetasi buyurtmasi bo‘yicha Morning Consult tadqiqot firmasi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijasiga ko‘ra, ovozlar 60/28 nisbatda Donald Tramp ma'muriyati foydasiga taqsimlangan. Mazkur taqiq Eron, Liviya, Somali, Suriya, Sudan va Yamanga tegishlidir.
Gazeta olingan natijalarni izohlar ekan, "amalda bu siyosat prezident shaxsiyatidan farqli ravishda ancha mashhurroq bo‘lishi mumkin", degan fikrni ilgari surmoqda. Chunki, Trampning shaxsiy reytingi ayni vaqtda 40 foizlik ko‘rsatkich atrofida.
Ijtimoiy so‘rov 29-30 iyun kunlari o‘tkzilgan bo‘lib, unda 2 ming atrofida kishi ishtirok etgan.