Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov Suriya masalasida kelishuvga erishilganini tasdiqladi
Bugun, 7 iyul - juma kuni Rossiya va AQSh ekspertlari Iordaniya poytaxtida Suriya janubi-g‘arbida deeskalatsiya zonasini yaratish bo‘yicha kelishuvni tuzib chiqishni yakunlashgan. Unga ko‘ra, Damashq vaqti bilan 9 iyul kunidan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sulh kuchga kiradi. Bu haqda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ma'lum qildi.
"Bugun Iordaniya poytaxti Omman shahrida Rossiya, AQSh va Iordaniya ekspertlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, ular Suriya janubi-g‘arbidagi Deraa, Kuneytra va Suveyda hududlarida deeskalatsiya zonasi tuzish bo‘yicha memorandumga kelishishdi. Damashq vaqti bilan 9 iyul kuni soat 12:00dan ushbu kelishuv amalda bo‘ladi", - deya ma'lumot bergan Sergey Lavrov Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin hamda Donald Tramp uchrashuvidan keyin.
"AQSh va Rossiya o‘t ochish sulhiga amal qilinishini ta'minlashni zimmasiga oladi. Shuningdek, Iordaniya poytaxtidan hududlarga gumanitar yordamlar yetkazib berilishi nazoratga olinadi", - deya qo‘shimcha qilgan u.
Bundan avvalroq Assosiated Press agentligi Vashington va Moskva Suriya masalasidagi sulh haqida e'lon qilinishi kutilayotgani to‘g‘risida xabar bergandi.
Lavrov Suriyadagi xavfsiz hudud xavfsizligi Rossiya harbiy politsiyasi tomonidan ta'minlanishini qo‘shimcha qilgan.
Asad ketishi shart emas — AQSh Suriya bo‘yicha yangi reja tayyorladi
Mavzuga oid
21:20 / 04.06.2026
Baydenning urushi Trampning urushiga aylandi - Sergey Lavrov
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026