AQŞ prezidenti ma’muriyati Suriya masalasi böyiça yangiça yondaşuvni körib çiqmoqda va bundan keyin Başar Asad mamlakat prezidentligidan ketişini talab qilmoqçi emas. Bu haqda Oq uy va Kongressdagi manbalar ma’lum qildi.
Xabarga köra, bu qadam AQŞning Suriyadagi inqirozni hal qiliş böyiça yangi strategiya doirasidadir. Şuningdek, Amerika hukumati Suriyada Moskva taklifiga köra xavfsizlik zonalari yaratilişi hamda mamlakat hududida Rossiya harbiy politsiyasi bölişiga rozi.
Yangi strategiyaning asosiy maqsadi IŞIDni uzil-kesil yöq qiliş va unga hududlarni qaytarib oliş uçun imkoniyat qoldirmaslik hisoblanişi aytilmoqda. Biroq AQŞ IŞIDdan tortib olingan hududlar nazoratini Suriya rasmiylariga emas, koalitsiya qöllab-quvvatlayotgan muxolifatga, «Suriya Demokratik kuçlari»ga topşirişni möljallagan.
Qayd etilişiça, bu boradagi muzokaralar Moskva va Vaşington tomonidan bir neça oydan buyon muhokama etilib kelinmoqda. Bu loyiha AQŞ Davlat departamenti rahbari Reks Tillerson tomonidan işlab çiqilgandi.
6 iyul kuni Tillerson AQŞ va Rossiya prezidentlari uçraşuvida muhokama qilinadigan mavzular qatorida Suriya Arab Respublikasidagi vaziyat ham bölişi haqida aytib ötgandi.
Mazkur reja Hamburgdagi G20 sammiti doirasidagi AQŞ va Rossiya tomonlari uçraşuvida taqdim etilişi kutilmoqda.
AQŞ prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Hamburgda bugun uçraşuv ötkazadi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 18:45da boşlanişi kutilmoqda.












