Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 00:06 / 07.07.2017
37274
1 daqiqa o‘qiladi
Polsha prezidentining rafiqasi Trampning qo‘lini siqishni istamadi
Polshaning birinchi xonimi Agata Kornxauser-Duda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda uning qo‘lini kameralar oldida siqishni rad etdi. Bu voqea videoyozuvi 6 iyulda YouTube’da chop etildi.
Polshaga tashrif bilan kelgan Tramp bu mamlakat prezidenti Anjyey Duda bilan so‘rashgach, uning rafiqasiga qo‘lini uzatgan. Biroq Kornxauser-Duda uning yonidan bee'tibor o‘tib ketib, Trampning rafiqasi Melaniya Tramp bilan so‘rashgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish