Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Rossiya Suriya bo‘yicha kelishuvga erishdi
AQSh va Rossiya Suriya janubi-g‘arbidagi ziddiyatli tomonlarni ajratib turuvchi chegara yuzasidan kelishuvga erishdi. Bu haqda AQSh davlat departamentining yuqori lavozimli mulozimi xabar qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, erishilgan kelishuvning muhim jihatlaridan biri shuki, Rossiya va AQSh Suriya janubi-g‘arbidagi ziddiyatli tomonlar o‘rtasidagi "o‘zaro chegara xaritasi bo‘yicha kelisha olganligidir". Uning qayd etishicha, tomonlar bu sulhni mustahkamlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishi talab etiladi. "Bu qadamlar mintaqaga qo‘shimcha kuzatuvchilarni joylashtirishni ham nazarda tutadi", — degan diplomat.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Rossiya va AQSh Suriya janubi-g‘arbida 2017 yil 9 iyuldan o‘t ochishni to‘xtatishni e'lon qilishga tayyorligini bildirgan edi. Uning aytishicha, 7 iyul kuni Iordaniya poytaxtida Rossiya, AQSh va Iordaniya ekspertlarining uchrashuvi yakunlangan. Unda Suriya janubi-g‘arbidagi Dara, Kunaytra va Suvayda hududlarida ziddiyatlardan xoli hududni barpo etishga kelishib olingan. Shunday qilib, mazkur tumanlarda Damashq vaqti bilan 9 iyul kunduz soat 12dan boshlab o‘t ochish to‘xtatiladi.
Vazirga ko‘ra, Rossiya va AQSh sulh shartlariga rioya etish bo‘yicha majburiyatlarni zimmasiga olgan. Bunda, ziddiyatlardan xoli hudud atrofidagi xavfsizlikni AQSh va Iordaniya harbiy politsiyasi ta'minlaydi.
Mavzuga oid
18:11
2025 yilda global harbiy xarajatlar rekord darajaga yetdi
23:36 / 29.04.2026
AQShda «opium epidemiyasi»ga sabab bo‘lgan farmatsevtika kompaniyasi yopiladi
21:33 / 29.04.2026
Oq uy prezident Trampni «qirol» deb atadi
21:02 / 29.04.2026