Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TATUni tanqid qilgan abituriyent o‘z aybloviga raddiya berdi
Bugun Kun.uz sayti orqali “Abituriyent fikri: TATUdagi “maslahatchi”lar o‘z saytini o‘qib tursa, yaxshi bo‘lardi...” sarlavhasi ostida maqola e'lon qilingan edi. Unda TATUga hujjat topshirgani borgan maqola muallifi – Xayriddin Bahromxo‘jayev oliy o‘quv yurti saytida ko‘rsatilgan vaqtga qarab qabul komissiyasiga borgani, u yerdagilar qabul tugaganini aytishgani, hujjatlardan ayb topish uchun atay tekshirishgani va boshqa holatlar tasvirlab berilgan.
Maqola e'lon qilinganiga ko‘p o‘tmay, Xayriddin Bahromxo‘jayev ijtimoiy tarmoq orqali o‘z yozgan maqolasiga quyidagicha raddiya berdi: “Men 30 iyun kuni qabul komissiyasiga rostan ham kech borganim uchun tushunmovchilik bo‘lib qoldi. “Ostrochka”ga kelsak, u hujjat topshirayotgan har bir abituriyent tomonidan qabul komissiyasiga nusxasi topshirilib, aslini ko‘rsatish kerak ekan. Bu postni jahl ustida yozganman. Bu uchun TATU vakillaridan uzr so‘rayman”.

Mavzuga oid
10:50 / 02.05.2025
Latviya TATU huzurida maxsus maktab tashkil etishi mumkin
14:50 / 01.05.2025
TATU Urganch filiali Urganch davlat universitetiga qo‘shib yuboriladi
18:52 / 13.08.2024
“Talabalarim oldida uyalib qolmaslik uchun til o‘rgandim” – 67 yoshida ingliz tilidan B2 darajasini olgan otaxon
15:10 / 07.12.2023