Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa investitsiya banki bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2017 yilning 10 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi binosida Yevropa investitsiya banki (YIB) vakillari bilan telekonferensiya bo‘liib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Unda tashqi ishlar, moliya, adliya vazirliklari, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti ekspertlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston hududida YeIBning faoliyati to‘g‘risidagi hadli bitim loyihasi mutaxassislar tomonidan moddama-modda ko‘rib chiqildi.
Muhokama yakunlariga ko‘ra mazkur Bitim loyihasini kelishish uchun davlat ichki jarayonlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni faollashtirish va uni imzolashga tayyorlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Shuningdek, yaqin vaqt ichida mazkur Bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi raundini o‘tkazish ham kelishib olindi.
Mavzuga oid
11:48 / 16.04.2026
O‘zbekistonda aholi soni bo‘yicha yangi ma’lumot e’lon qilindi
09:56 / 16.04.2026
O‘zbekistonda moliyaviy jarimalar bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi
20:03 / 05.04.2026
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning 2 million rubl ish haqi undirib berildi
13:42 / 31.03.2026