Xitoylik turistlar dam olish uchun boshqalarga nisbatan ko‘proq pul sarflashmoqda
2016 yilda Xitoydan xorijga chiqqan turistlar boshqa davlatdan kelganlarga nisbatan hordiq chiqarishi uchun ko‘proq pul sarflashgan, deyiladi yirik sayyohlik kompaniyasi — C-trip tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot xulosalarida.
O‘tgan yili xitoylik turistlar o‘zlarining dam olishlari uchun 261 milliard dollar sarflashgan. Bu esa jahon miqyosidagi turistlar umumiy xarajatlarining 21 foizini tashkil etadi, deya xabar bermoqda Anadolu agentligi.
Xorijiy davlatlarga sayyohlik tashrifi bilan borgan xitoylik turistlarning soni so‘nggi 12 yil davomida yiliga 10 foizdan o‘sib borgan.
Ilgariroq ko‘plab mamlakatlar, jumladan, AQSh, Kanada va Singapur Xitoy fuqarolari uchun o‘n yillik vizalar joriy etishgan edi.
Mavzuga oid
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
19:30 / 12.11.2024
Yong‘oqlar orttirilgan aqliy zaiflikka chalinish xavfini kamaytiradi - tadqiqot
10:56 / 07.11.2024
Pomidordan qulupnaygacha. Marsda yashay oladigan 8 ta o‘simlik ma’lum qilindi
17:18 / 05.11.2024