Toshkent yoshlar ittifoqiga rahbar saylandi

Respublika bo‘ylab O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashlarining kengaytirilgan yig‘ilishlari start oldi. Bu haqda «Kun»ga tashkilotning matbuot xizmati xabar qildi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan kengaytirilgan yig‘ilishlarni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzilib, chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Unga muvofiq, yig‘ilishlarni o‘tkazish yuzasidan hududiy kengashlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatildi.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va Andijon viloyatida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlar davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 30 iyun kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda belgilab berilgan vazifalar ijrosini tashkil etish bo‘yicha Ittifoq hududiy kengashi va yoshlar masalalari bo‘yicha hududiy idoralararo kengash oldida turgan dolzarb vazifalar muhokama etildi.
Yig‘ilishda kengash raisi, uning o‘rinbosarlari va ijroiya qo‘mitasi tarkibi saylandi.
1987 yilda tug‘ilgan Abat Daniyarov (amaldagi rais) O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog‘iston kengashi raisi etib saylandi. Toshkent shahar kengashi raisi lavozimiga 1988 yilda tug‘ilgan Elbek Shukurov saylandi.
Andijon viloyati kengashi raisligiga esa shahar hokimining yoshlar masalasi bo‘yicha o‘rinbosari Yusupov Nodirbek nomzodiga yoshlar ishonch bildirdi.
Yig‘ilishlar 14 iyulga qadar davom etadi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining barcha hududiy kengashlariga yangi nomzodlar saylanadi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Virgin Galactic kosmosga parvozlar narxini oshiradi
Fan-texnika | 01:39
-
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi
Jahon | 00:06
-
16 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31 / 16.05.2025
-
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
O‘zbekiston | 22:26 / 16.05.2025
Mavzuga oid

18:18 / 06.12.2021
Sergeli tumani hokimi o‘ziga 35 mln so‘m ustama to‘lash haqidagi qarorga imzo chekdi. Shahar hokimligi qarorga izoh berdi

23:37 / 25.08.2020
Toshkentning uch tumanida yangi hokimlar ish boshladi

18:40 / 25.08.2020
Toshkentdagi uch tumanga yangi rahbarlar tayinlanmoqda. Ortiqxo‘jayevning sobiq va hozirgi o‘rinbosarlari tuman hokimlari bo‘ladi

14:41 / 29.06.2020