Respublika böylab Özbekiston yoşlar ittifoqi hududiy kengaşlarining kengaytirilgan yiğilişlari start oldi. Bu haqda «Kun»ga taşkilotning matbuot xizmati xabar qildi.

Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy kengaşi tomonidan kengaytirilgan yiğilişlarni yuqori saviyada taşkil etiş va ötkaziş böyiça maxsus işçi guruh tuzilib, çora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Unga muvofiq, yiğilişlarni ötkaziş yuzasidan hududiy kengaşlarga uslubiy va amaliy yordam körsatildi.

Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va Andijon viloyatida bölib ötgan yiğilişlar davomida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 30 iyun kuni yoşlar bilan ötkazilgan uçraşuvda belgilab berilgan vazifalar ijrosini taşkil etiş böyiça Ittifoq hududiy kengaşi va yoşlar masalalari böyiça hududiy idoralararo kengaş oldida turgan dolzarb vazifalar muhokama etildi.

Yiğilişda kengaş raisi, uning örinbosarlari va ijroiya qömitasi tarkibi saylandi.

1987 yilda tuğilgan Abat Daniyarov (amaldagi rais) Özbekiston yoşlar ittifoqining Qoraqalpoğiston kengaşi raisi etib saylandi. Toşkent şahar kengaşi raisi lavozimiga 1988 yilda tuğilgan Elbek Şukurov saylandi.

Andijon viloyati kengaşi raisligiga esa şahar hokimining yoşlar masalasi böyiça örinbosari Yusupov Nodirbek nomzodiga yoşlar işonç bildirdi.

Yiğilişlar 14 iyulga qadar davom etadi va Özbekiston yoşlar ittifoqining barça hududiy kengaşlariga yangi nomzodlar saylanadi.