Jamiyat | 17:00 / 11.07.2017
8166
1 daqiqa o‘qiladi

Yunusobodda tomorqasida nasha ekib, yetishtirayotgan fuqaro ushlandi

2017 yilning 8 iyul kuni taxminan soat 13:00 larda ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida Yunusobod tumani hududida Qahramon Akmalov uyining tomorqasida qonunga xilof ravishda 1 tup «nasha» giyohvandlik vositasini ekib, yetishtirayotganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish va yetishtirish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Mavzuga oid