Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda Yaponiyaning 35 fuqarosi qo‘lga olindi
Xitoy hukumati Yaponiyaning firibgarlikda gumonlangan 35 fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda Yaponiya TIV xabar berdi, deb ma'lum qilmoqda Reuters.
«Bizga ma'lum bo‘lishicha, mahalliy hukumat [Xitoy] Guanchjoudagi bosh konsullikni [Yaponiyaning] firibgarlikda gumonlangan 35 nafar yapon fuqarosi qo‘lga olinganidan xabardor etgan», - deya xabar berdi Yaponiya TIV.
Yaponiya tashqi siyosat idorasi qo‘shimcha ma'lumot taqdim eta olmagan, sababi tergovni Xitoy hukumati o‘tkazmoqda.
Biroq, Nikkei gazetasi ma'lumotiga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Tokioga yaqin yerda joylashgan Tiba prefekturasidagi yapon fuqarolariga nisbatan telefon firibgarligini amalga oshirishga aloqador bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
10:04
Yaponiya viza tartibini buzgan yana bir o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
16:11 / 02.05.2026
“Tasalli beruvchi ayollar” maskani - yapon harbiylari qancha qiz-ayolni jinsiy qullikka mahkum etgandi?
22:34 / 25.04.2026
Yaponiya ikki o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
18:51 / 23.04.2026